Linux Ubuntu dasturini etkazib berishga ixtisoslashgan Canonical kompaniyasi AQSh va Evropa mamlakatlarida Dell XPS 13 modelidagi ultrabuk savdolari boshlangani to‘g‘risida xabar berdi. Mazkur ultrabuk Ubuntu 16.04 LTS operasion tizimida ishlaydi. Bu haqda "Terabayt.uz" xabar berdi.
Dell XPS 13 modeliga ettinchi avlod Intel Core (Kaby Lake arxitekturasida) prosessori o‘rnatilgan bo‘lib, avtonom ishlash samaradorligi bir necha barobarga oshgan. Bundan tashqari, ultrabukning “pushti tilla” rangli varianti ham tayyorlangan, qurilma Thunderbolt 3 porti va takomillashgan Wi-Fi moduli bilan jihozlangan.
Full HD aniqligidagi ekran o‘rnatilgan ultrabuk versiyasida avtonom ishlash vaqti 22 soatga etadi, QHD variantida esa bu ko‘rsatkich 13 soatni tashkil qiladi.
Modelning Full HD displeyli, Intel Core i5 prosessori o‘rnatilgan, 8 GB tezkor va 128 GB SSD xotira o‘rnatilgan versiyasi 949,99 dollar narxida hozircha AQSh va Evropa mamlakatlarida sotuvga chiqarilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi