Internet tarmog‘ida Huawei P10 modeli deb taxmin qilinayotgan smartfonning ilk suratlari e’lon qilindi. Terabayt saytining yozishicha, Huawei kompaniyasining navbatdagi flagmaniga qarashli ushbu suratlar avvalroq oshkor etilgan renderlardan farqlanadi.
Modelning old panelida selfikamera, sensor va dinamik joylashtirilgan va ularning o‘rni joriy Huawei P9 gadjetidan farq qilmaydi. Yagona farq – ekran ostiga o‘rnatilgan barmoq izi skaneridir (Huawei P9 modelida u orqa panelda). Smartfon displeyi tekis, balki Huawei P10 Plus modeli qayirma yon ekranlarga ega bo‘lar, ammo bunisi hozircha noma’lum.
Orqa panelda qo‘sh kamera, ikki tonli svetodiodli chaqnoq va lazerli avtofokus senosri joylashgan. Korpus metalldan ishlangan. Eng qizig‘i, orqa panelda kompaniya logotimi tushirilmagan. Shuning uchun mazkur renderning aniqligiga ishonch bildirish qiyin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi