Kuba respublikasi Core i3, Celeron va Core i5 prosessorlari bazasida noutbuk va planshetlarni ishlab chiqaradi, deya xabar bermoqda Daryo nashri.
Kompyuter texnikasi ishlab chiqarishni Kuba informatika sanoat korxonasiga tegishli fabrika yo‘lga qo‘ydi.
Zavodda sakkiz va o‘n dyuymli diagonalga ega ikki xil modeldagi planshetlarni chiqarish ko‘zda tutilgan. O‘n dyuymli versiyasi klaviatura bilan birga sotiladi.
Ishlab chiqaruvchilar kompyuterlarning uzoq vaqt xizmat qilishi uchun, mahalliy iqlim sharoitlarini, xususan, yuqori namlik darajasini hisobga oldi. Testlar chog‘ida ishlab chiquvchilar 27 ta turli sinovlarni o‘tkazdi.
Yig‘ish sexi kuniga 500 tagacha elektron qurilmalarni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. 2017 yilda yangi korxona 120 mingga yaqin mahsulot ishlab chiqaradi, ular birinchi bosqichda mahalliy hukumat va ta’lim muassasalariga etkazib beriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi