Eron G‘arbning Tehronga nisbatan yadroviy dastur bo‘yicha kiritgan sanksiyasiga javoban rasmiy ravishda o‘zining Yooz qidiruv tizimini ishga tushirdi. Bu milliy qidiruv tizimi Google va unga o‘xshash qidiruv tizimlarining muqobili sifatida yaratilgan. Eron Aloqa va axborot texnologiyalari vazirligida yangi qidiruv tizimi fors tilidagi 1 milliardga yaqin saytlar bilan ishlay olishi ta’kidlab o‘tildi.
“Yooz” so‘zi forsiychadan tarjima qilinganda, “gepard” ma’nosini beradi.
Eron qidiruv tizimiga www.yooz.ir manzili bo‘yicha kirish mumkin. International Business Times nashrining ta’kidlashicha, bu tizim Google, Yahoo yoki Bing kabi xorijiy qidiruv tizimlaridan ko‘ra, tezroq va xavfsizroq ishlaydi. Yangi milliy qidiruv tizimi Tehrondagi axborot texnologiyalariga bag‘ishlangan marosimda namoyish etildi.
Yooz tizimiga javob beruvchi Mexdi Nag‘aviyning aytishicha, eronlik foydalanuvchilar kuniga 25 mln marotaba murojaat qiladigan Google internetning asosiy sterjeniga aylangan. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu yangi loyiha bu tizimdan voz kechishga va internetda foydalanuvchilarning xavfsizligini ta’minlashga yordam beradi.
Keyinroq, bu tizimga arab va ingliz tilidagi saytlarni qo‘shib, ularning sonini 6 milliardga, yanada keyinroq esa 24 milliardga etkazish rejalashtirilmoqda. Eronda shu yili yana bir Parsijoo nomli qidiruv tizimi ishga tushirilishi va’da berilgan.
Manba: www.kun.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi