Suv Oy yuzasida astronavtlar ishtirokida olib boriladigan missiyalarning asosiy omilidir. Xitoy Fanlar akademiyasi (CAS) Ninbo Materialshunoslik va muhandislik instituti (NIMTE) professori Van Jyunsyan boshchiligidagi guruh Oy regoliti va endogen vodorod o‘rtasidagi reaksiya orqali Oyda keng ko‘lamda suvni ishlab chiqarishning yangi usulini topdi.
Avvalgi Oy tadqiqotlari, masalan, Apollo va Chang‘E-5 missiyalari Oyda suv mavjudligini ko‘rsatgan edi, ammo Yerning tabiiy yo‘ldoshi minerallaridagi suv miqdori juda past — 0,0001 foizdan 0,02 foizgacha. Oydagi suvni qazib olish va undan foydalanish haligacha murakkab vazifa bo‘lib qolmoqda.
Biroq NIMTE tadqiqotchilari Chang‘E-5 missiyasi tomonidan olib kelingan Oy regoliti namunalaridan foydalangan holda suv olish usulini o‘ylab topdi.
Tadqiqotlarga ko‘ra, Oy regoliti botiq kuzgu yordamida 1200 K dan yuqoriroq (Selsiy bo‘yicha taxminan 927 daraja) haroratda qizdirilsa bir gramm erigan regolitdan 51-76 milligramm suv ishlab chiqarish mumkin. Bundan kelib chiqilsa, bir tonna Oy regoliti 50 kilogrammdan ortiq suv beradi, bu yarim litrli yuz shisha ichimlik suviga teng. Ushbu miqdordagi ichimlik suvi bir kunda 50 kishiga yetadi.
Bundan tashqari, oy ilmeniti (FeTiO3) o‘zining noyob tuzilishi bilan Oy regolitining beshta asosiy minerali orasida eng ko‘p vodorodga ega ekani aniqlandi. Qizitish bo‘yicha tajribalar shuni ko‘rsatdiki, Oy minerallaridagi vodorod suv ishlab chiqarish uchun muhim resursdir.
Bunday suvdan ham ichishda, ham o‘simliklarni sug‘orishda foydalanish mumkin. Bundan tashqari, uni elektrokimyoviy jihatdan vodorod va kislorodga parchalasa bo‘ladi, bunda vodorod energiya olish uchun, kislorod esa nafas olish uchun ishlatilishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Ikki tumanning hokim yordamchilari qo‘lga tushdi
Xitoyda markazida bog‘ bo‘lgan 270 metrli osmono‘par bino quriladi