date

Krishtianu Ronaldu: "Manchester Yunayted" hali ham yuragimda


Sobiq "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronaldu klubga bo'lgan munosabati haqida gapirdi. Ronaldu "Manchester Yunayted" safida ikki davrda to'p surgan.

2022-yil kuzida portugaliyalik futbolchi klubni keskin tanqid qilgan intervyusidan so'ng "qizil iblislar" bilan shartnomasini bekor qilgan edi. Shunga qaramay, u hozir ham jamoa o'yinlarini kuzatishda davom etmoqda.

""Manchester Yunayted"ni kuzatyapmanmi? Albatta.

Bu klubda qancha yil o'ynaganman. Men u yerda Chempionlar Ligasi, "Oltin to'p" hamda 12-14ta sovrinni qo'lga kiritganman.

Shunday ekan, yana bir bor aytaman: "Manchester Yunayted" hali ham mening yuragimda. Men bu klubni sevaman.

Ammo haqiqatni tan olishimiz kerak: ular to'g'ri yo'lda emas. Klub o'zgarishi kerak — mening fikrimcha, bu muammo faqat murabbiy yoki futbolchilarda emas", – dedi Ronaldu Pirs Morgan bilan suhbatda.

Hozirda 40 yoshli Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining "Al-Nasr" klubida to'p surmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Krishtianu Ronaldu: "Manchester Yunayted" hali ham yuragimda