date

Kellini Spalletti yondashuvi haqida gapirdi


Jorjo Kellini, "Yuventus" klubi rahbariyatida faoliyat yuritayotgan sobiq futbolchi, yaqinda bosh murabbiy etib tayinlangan Luchano Spallettining ishlash uslubi haqida fikr bildirdi. Italiyalik murabbiy Igor Tudorni almashtirdi.

Tudor oktyabr oyining oxirida isteʼfoga chiqarilgan edi. Spalletti boshqaruvida oʻtkazilgan ilk oʻyinda "Keksa sinyora" "Kremoneze" jamoasini 2:1 hisobida magʻlub etdi.

"Spalletti oʻz tajribasi, oʻyinni his qilish qobiliyati va taktik yondashuvini jamoaga olib kirishga intilmoqda, lekin u juda keskin oʻzgarishlar qilishni xohlamaydi. U jamoa uning kelishidan avval nima qilayotganini tushunishga harakat qildi va shunga moslashgan holda oʻz elementlarini qoʻshdi.

Birinchi mashgʻulotlarda u futbolchilarga oʻz gʻoyalarini yetkazishga harakat qildi", – dedi Kellini Sky Sport telekanaliga bergan intervyusida. Luchano Spalettining "Yuventus" bilan tuzgan shartnomasi mavsum oxirigacha moʻljallangan, ammo jamoa Chempionlar Ligasi yoʻllanmasini qoʻlga kiritsa, shartnoma bir yilga uzaytirilishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Kellini Spalletti yondashuvi haqida gapirdi