
Turinning "Yuventus" klubi afsonaviy sobiq darvozaboni Janluiji Buffon xorvatiyalik murabbiy Igor Tudorning isteʼfosi yuzasidan oʻz fikrlarini bildirdi. Uning aytishicha, Tudor klub rahbariyati bilan umumiy til topa olmagan.
"Meningcha, Igor Tudor klub rahbariyati bilan muloqot va empatiya yetishmovchiligini his qilgan. Uning soʻnggi intervyularida bu keskinlik yaqqol sezilib turardi.
Balki u oʻziga baʼzi futbolchilarni majburan tanlashga majbur boʻlgan, aks holda bunday bayonotlar qilmas edi", – dedi Buffon derbyderbyderby.it nashriga bergan intervyusida. Hozirda "Yuventus" klubini Luchano Spalletti boshqarib kelmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing