
2025-yilning 5-noyabrdan 6-noyabrga o'tar kechasi O'zbekiston osmonida yilning eng yorqin va so'nggi to'lin oyi — Bobr superoyi kuzatiladi. Shu paytda Oy Yerga eng yaqin masofaga — 356 832 kilometrga yaqinlashadi va natijada u odatdagidan katta va yorqin ko'rinadi.
Astronomlarning ma'lumotiga ko'ra, to'lin oy Toshkent vaqti bilan 18:19 da boshlanadi, Oy esa yarim tundan keyin Yerga maksimal darajada yaqinlashadi. Mamlakatning deyarli barcha hududlarida superoyni 5-noyabr kuni kechqurun, quyosh botishi bilan kuzatish mumkin bo'ladi.
Toshkentda Oyning chiqishi taxminan 16:45–17:00 oralig'ida bo'lishi kutilmoqda va yarim soat ichida u gorizontdan ancha yuqoriga ko'tariladi. Agar osmon bulutsiz bo'lsa, Oyni 6-noyabr tongigacha, butun tun davomida ko'rish mumkin.
Astronomlar sharq yoki janubi-sharqiy gorizontni yaxshi ko'rish mumkin bo'lgan ochiq joylarda kuzatishni tavsiya etadi. Ayniqsa, Oy gorizont yaqinida joylashganda, u odatdagidan katta bo'lib ko'rinadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar