
Sentabr oyida Malayziya terma jamoasida hujjatlarni soxtalashtirish bilan bogʻliq mojaro haqida xabar bergan edik. Ushbu holat FIFA tomonidan jiddiy sanktsiyalarga olib keldi.
Malayziya Futbol Federatsiyasi apellyatsiya sudi orqali qarorni qayta koʻrib chiqishni soʻradi. Ammo sud bir necha hafta oʻtib yakuniy qarorini eʼlon qildi: aybdorlar jazoga loyiq koʻrildi.
Bu qarorga koʻra, firibgarlikda ayblangan Malayziya terma jamoasining yetti nafar futbolchisi bir yilga futboldan chetlatildi. Shuningdek, har bir oʻyinchi ikki ming shveytsariya franki miqdorida jarima toʻlashi kerak.
Malayziya Futbol Federatsiyasi esa ancha katta jarimaga tortildi — 350 ming shveytsariya franki. Bundan tashqari, federatsiyadan kelajakda bunday hodisalar takrorlanmasligi uchun maxsus reja ishlab chiqish va uni taqdim etish talab qilinmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.