date

Vlahovich: Natijadan mamnun emasman


Turinning "Yuventus" jamoasi Chempionlar ligasi guruh bosqichida Portugaliyaning "Sporting" klubini qabul qildi, biroq mehmonlarni magʻlub eta olmadi. Uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

Oʻyindan soʻng turinliklarning serbiyalik hujumchisi va jamoaning yagona gol muallifi Dushan Vlahovich oʻz fikrlarini bildirdi. "Natijadan mamnun emasmiz, koʻproq natija kutgandik.

Aniqki, biz raqibdan yaxshiroq oʻynadik," - dedi Vlahovich. Uning soʻzlarini Juvenews.eu sayti keltirgan.

"Yuventus" oxirgi marta Chempionlar ligasida 1996 yilda gʻalaba qozongan edi. Klub soʻnggi bor final oʻyinida 2017 yilda ishtirok etgan, biroq oʻshanda Madridning "Real" jamoasiga magʻlub boʻlgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vlahovich: Natijadan mamnun emasman