Rossiya mikroelektronika uchun Yevropa uskunalarini xarid qilmoqda

Rossiya Sanoat va savdo vazirligi bosma platalarga komponentlarni oʻrnatuvchi Yevropa avtomatlashtirilgan Europlacer ATOM 4 uskunasini xarid qilish uchun 256 million rubl ajratdi. CNews nashrining xabar berishicha, ushbu texnologiya Moskvadagi «Gamma» ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi uchun moʻljallangan. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Davlat xaridlari maʼlumotlariga koʻra, yangi qurilma soatiga kamida 75 mingta komponentni oʻrnatish quvvatiga ega boʻlishi kerak. Shuningdek, u 450 × 500 mm oʻlchamdagi platalar bilan ishlashga moslashtirilgan boʻlib, korxonada mavjud boʻlgan Europlacer IINEO-IIT Plus va ATOM 3 liniyalari bilan toʻliq integratsiya qilinadi.
Ushbu xarid «Gamma» markazi tomonidan Moskvada amalga oshirilayotgan mikroelektronika dizayn-markazini modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash loyihasining bir qismidir. Ayni paytda mazkur maydonchada radioelektron mahsulotlarni kichik seriyali ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompleks faoliyat yuritmoqda.
Eslatib oʻtamiz, 2026-yilning noyabr oyida korxona xuddi shunday turdagi uskunalarni xarid qilish uchun 142,8 million rubl miqdorida mablagʻ ajratgan edi. Mazkur texnikalarni yetkazib berish obyektdagi tayyorgarlik holatiga qarab, 2026-yilning avgust-noyabr oylariga rejalashtirilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!