date

SpaceX kompaniyasining Dragon kemasi oltinchi marta XKSga yo‘l oldi

SpaceX kompaniyasining Dragon kemasi oltinchi marta XKSga yo‘l oldi

SpaceX kompaniyasi NASA bilan hamkorlikdagi CRS-34 missiyasi doirasida yangi Dragon yuk kemasini Xalqaro kosmik stansiyaga (XKS) muvaffaqiyatli uchirdi. Florida shtatidagi Cape Canaveral kosmik bazasidan amalga oshirilgan parvoz avvaliga noqulay ob-havo sharoiti tufayli uch kunga kechiktirilgandi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Kema stansiyaga taxminan 3 tonna foydali yuk, jumladan, oziq-ovqat zaxiralari, ilmiy uskunalar va turli tadqiqot materiallarini yetkazib bermoqda. Olimlar kosmosda suyak to‘qimalarining holati, eritrotsitlar va taloq faoliyatidagi o‘zgarishlarni o‘rganishni rejalashtirmoqda.

Ushbu parvoz Dragon yuk kemasi uchun rekord darajadagi oltinchi safar bo‘ldi. Falcon 9 raketasining birinchi pog‘onasi muvaffaqiyatli tarzda Yerga qaytib qo‘ndi, kema esa 17-may kuni Harmony moduliga avtomatik tarzda tutashishi kutilmoqda.

Dragon boshqa yuk kemalaridan farqli o‘laroq, Yer atmosferasida yonib ketmaydi va missiya yakunida ilmiy natijalar bilan birga ortga qaytish qobiliyatiga ega. Boshqa raqobatchi kemalar, masalan, Rossiyaning Progress yoki Northrop Grumman kompaniyasining Cygnus kemalari atmosferaga kirganda butunlay yonib ketadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » SpaceX kompaniyasining Dragon kemasi oltinchi marta XKSga yo‘l oldi