date

ArXiv sunʼiy intellekt yordamida yozilgan maqolalar uchun jazo choralarini kuchaytirmoqda

ArXiv sunʼiy intellekt yordamida yozilgan maqolalar uchun jazo choralarini kuchaytirmoqda

Ilmiy tadqiqotlar uchun ochiq arxiv hisoblangan ArXiv platformasi sunʼiy intellekt (LLM) tomonidan yaratilgan sifatsiz maqolalar oqimiga qarshi kurashni kuchaytirmoqda. Endilikda platforma mualliflardan oʻz ishlariga toʻliq masʼuliyat bilan yondashishni talab qiladi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

ArXiv kompyuter fanlari boʻlimi raisi Tomas Ditterixning maʼlum qilishicha, agar maqolada sunʼiy intellekt tomonidan yaratilgan xatolar, jumladan, mavjud boʻlmagan manbalar yoki chatbot bilan yozishmalar izlari aniqlansa, mualliflar qattiq jazolanadi. Bunday holatda mualliflar bir yil muddatga platformadan chetlatiladi.

Jazo muddati tugaganidan soʻng ham, ushbu mualliflarning keyingi maqolalari nufuzli ilmiy nashrlarda koʻrib chiqilgani va qabul qilinganidan keyingina ArXivʼga joylashtirilishi mumkin boʻladi. Bu qoida sunʼiy intellektni taqiqlashni emas, balki olimlarning oʻz matnlari uchun toʻliq javobgarlikni zimmasiga olishini nazarda tutadi.

Platforma moderatorlari har bir holatni alohida oʻrganib chiqadi va yakuniy qaror boʻlim raislari tomonidan tasdiqlanadi. Mualliflarga esa qabul qilingan qaror ustidan shikoyat qilish huquqi beriladi. Ushbu chora-tadbirlar ilmiy nashrlarda sunʼiy intellekt tomonidan oʻylab topilgan iqtiboslar va notoʻgʻri maʼlumotlar koʻpayib borayotgan bir paytda joriy etilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » ArXiv sunʼiy intellekt yordamida yozilgan maqolalar uchun jazo choralarini kuchaytirmoqda