date

TSMC Yaponiyadagi zavodi orqali ilk bor foydaga kirdi

TSMC Yaponiyadagi zavodi orqali ilk bor foydaga kirdi

TSMC kompaniyasi Yaponiyadagi o‘z zavodini ilk bor foydali darajaga olib chiqdi. Kumamotoda joylashgan va Japan Advanced Semiconductor Manufacturing (JASM) nomi bilan yuritiladigan qo‘shma korxona joriy yilning birinchi choragida qariyb 30 million dollar sof foyda ko‘rdi. Avvalgi davrlarda zarar bilan ishlagan ushbu zavodning muvaffaqiyati ishlab chiqarish quvvatlarining to‘liq yuklanishi bilan izohlanmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Hozirda ushbu zavod avtomobilsozlik va sanoat sektori uchun 12, 16, 22 va 28 nanometrli chiplarni ishlab chiqarmoqda. Kompaniya Yaponiyada ikkinchi zavod qurilishini ham boshlab yuborgan. Dastlab 6 nanometrli texnologiyaga mo‘ljallangan ushbu loyiha sun’iy intellekt va yuqori unumdor protsessorlarga bo‘lgan talab ortgani sababli 3 nanometrli texnologiyaga moslashtirilmoqda.

AQShdagi faoliyat ham jadal rivojlanmoqda. TSMC Arizona bo‘linmasi birinchi chorakda 600 million dollarga yaqin foyda qayd etdi. Hozirda kompaniya AQShda uchinchi zavod qurilishini boshlagan va to‘rtinchi obyekt uchun maydon tayyorlamoqda. AQShdagi loyihalarga kiritilgan umumiy investitsiyalar hajmi 165 milliard dollarni tashkil etadi.

Yevropada esa vaziyat biroz boshqacha: Germaniyaning Drezden shahrida qurilayotgan European Semiconductor Manufacturing Co. zavodi hali ham qurilish bosqichida bo‘lib, kompaniya uchun xarajat manbai bo‘lib qolmoqda. TSMC global miqyosda o‘z ishlab chiqarish geografiyasini kengaytirish orqali Tayvanga bo‘lgan qaramlikni kamaytirish va sun’iy intellekt chiplariga bo‘lgan global talabni qondirishni maqsad qilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » TSMC Yaponiyadagi zavodi orqali ilk bor foydaga kirdi