RedMagic 11S Pro va 11S Pro+: Snapdragon 8 Elite Gen 5 va 8000 mA/soat batareya

RedMagic kompaniyasi Xitoy bozorida o‘zining yangi flagman smartfonlari — RedMagic 11S Pro va 11S Pro+ modellarini taqdim etdi. Qurilmalar 4,74 GGs chastotagacha tezlikka ega Snapdragon 8 Elite Gen 5 Leading Version protsessori bilan jihozlangan. Aynan shu chip Samsung Galaxy S26 Ultra modelida ham qo‘llanilishi kutilmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Smartfonlarning ekran qismi hech qanday tirqishlarsiz ishlab chiqarilgan. 6,85 dyuymli AMOLED panel 1,5K aniqlik va 144 GGs yangilanish tezligini qo‘llab-quvvatlaydi. 16 megapikselli old kamera hamda barmoq izi skaneri ekran ostiga yashiringan.
RedMagic 11S Pro modeli 8000 mA/soat sig‘imli batareya va 80 W quvvatlash texnologiyasi bilan ta’minlangan. Pro+ versiyasi esa 7500 mA/soat batareya, 120 W simli va 80 W simsiz quvvatlash imkoniyatiga ega. Shuningdek, Pro+ modeli 24 000 aylanish tezligiga ega sovutish tizimi bilan jihozlangan.
Qurilmalar IPX8 suvdan himoya standartiga ega va 3,5 mm audio tirqish bilan ta’minlangan. Asosiy kamera bloki 50+50+2 MP sensorlardan iborat. RedMagic 11S Pro modelining 12/256 GB xotirali versiyasi 810 dollar, Pro+ versiyasi esa 910 dollar narxda sotuvga chiqariladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!