Beeline 3G tarmog‘ini Samarqandda kengaytirdi

Beeline Samarqand viloyati hududidagi 3G tarmog‘i qoplamining doirasi va sig‘imning kengaygani haqida xabar beradi. Samarqand, Bulung‘ur, Ishtixon va Juma shaharlarida yangi baza stansiyalari ishga tushirildi, va buning natijasida aloqa va mobil Internet sifati sezilarli darajada yaxshilandi.
“Tarmoqning muvaffaqiyatli rivojlanishi, abonentlarga xizmat ko‘rsatish sohasidagi innovasiya – doimiy ravishda amalga oshirilayotgan vazifalarimizdan biri, bu kompaniyaning kelajagiga qo‘shayotgan xissamiz va uning etakchiligi garovidir, – deydi Unitel‘ning Markaziy hududiy filiali direktori Dilshod Anarmetov. – Mijozlarning ishonchi – har qanday biznesning asosiy qiymatidir, aloqa sifatini yaxshilash uchun barcha kuchimizni birlashtirgan holda, uni oqlashga harakat qilamiz”.
Samarqand va Samarqand viloyati aholisi uchun qo‘shimcha baza stansiyalarining ishga tushirilishi aloqa sifati va yuqori tezlikdagi mobil Internetning avzalliklaridan foydalanishga imkon beradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing