
Amerikaning FlightWave Aerospace Systems texnologik startapi vodrodli yonilg‘i elementlarida ishlaydigan Jupiter-H2 dronining ishlab chiqilgani haqida ma’lum qildi. U bunday hajmdagi boshqa uchuvchisiz qurilmalardan farqli o‘laroq, ikki soatdan ortiq havoda parvoz qilishi mumkin, litiy akkumulyatorlarida ishlaydigan dronlar esa taxminan yarim soat faoliyat ko‘rsatadi.
Yonilg‘ini saqlash uchun dronning yuqori qismida 3 litrli vodorod baki mavjud. Vodrodli yonilg‘i elementi 650 vatt quvvatga ega. Uchuvchisiz qurilma kuchi 1,3 kilogramm og‘irlikdagi foydali yukni tashiy oladi. Jupiter-H2 dronidan pochtachi sifatida foydalanish uchun shuning o‘zi yetarli.
Hozirda yangi qurilma sinovdan o‘tkazilmoqda. Muvaffaqiyatli natijalarga erishilgan taqdirda 2018 yilda dronni seriyali ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yiladi.
Manba: Kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar