01:39 / 25.10.2017
4 693

Instagram'da qo‘shma jonli efir funksiyasi paydo bo‘ldi

Instagram'да қўшма жонли эфир функцияси пайдо бўлди
Instagram ijtimoiy tarmog‘ida jonli efirga odam qo‘shish funksiyasi paydo bo‘ldi. Bu haqida kompaniya matbuot xizmatiga malumotiga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Foydalanuvchi uning translyatsiyasini ko‘rayotgan istagan folloverni efirga qo‘sha oladi. Ikkinchi inson qo‘shilganidan keyin ekran ikkiga bo‘linadi, keyingi ulangan foydalanuvchi ekranning pastki qismida aks etadi.

Mehmonni istagan vaqtda efirdan chiqarish mumkin, shu bilan birga, uning o‘zi ham efirni mustaqil tark etish imkoniga ega.

Ta’kidlash joizki, yangilanish avgust oyidayoq bir necha mamlakatda test rejimida ishga tushirilgandi.

"Jonli efir" funksiyasi Instagram'da 2016 yilning noyabrida paydo bo‘lgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Instagram'da qo‘shma jonli efir funksiyasi paydo bo‘ldi