15:33 / 27.10.2017
5 265

Microsoft’ning bozordagi qiymati rekord darajaga yetdi

Microsoft’ning bozordagi qiymati rekord darajaga yetdi
Jahondagi dasturiy ta’minot ishlab chiqaruvchi eng yirik korporatsiya - Microsoft Corp. 2018-moliyaviy yilning birinchi choragida sof foyda va daromadni bozordagi taxminlardan ko‘ra ko‘proq qo‘lga kiritdi. Bu bulutli biznes muvaffaqiyati tufayli yuz berdi, deb yozmoqda Kun.uz nashri.

Juma kuni dastlabki savdolar davomida kompaniya aksiyalari qiymati 4,6%ga ko‘tarilib, bir dona uchun 82,34 dollarlik rekord narxga yetdi. Yil boshidan buyon kompaniyaning bozordagi qiymati 27 foizga o‘sib, 606,66 milliard dollarni tashkil etdi.

Kompaniyaning matbuot-relizida xabar berilishicha, iyul-sentyabr oylarida sof foyda 6,58 milliard dollarni tashkil etgan, yoki bir aksiya bo‘yicha hisoblanadigan bo‘lsa – 84 sentga teng bo‘ldi. O‘tgan yilning shu davrida esa bu ko‘rsatkich 5,67 milliard dollar yoki bir aksiya uchun 72 sentni tashkil qilgandi.

Kompaniya daromadi 12 foizga oshib, 24,54 milliard dollarni tashkil etdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Microsoft’ning bozordagi qiymati rekord darajaga yetdi