00:20 / 26.02.2018
4 145

Jaguar “o‘tda yonmas, suvda cho‘kmas” telefon ishlab chiqardi

Jaguar “o‘tda yonmas, suvda cho‘kmas” telefon ishlab chiqardi
Land Rover deganda bundan buyon faqat avtomobilni emas, telefonni ham ko‘z oldingizga keltiring. Yangi smartfon Android operatsion tizimida ishlaydi. “Yaguar”chilar uni Bullitt Group bilan hamkorlikda yaratdi. Land Rover Explore nomini olgan telefonni Jenevadagi avtoshouda ko‘rsatiladi.

Yangi smartfonning dizayni Discovery yo‘ltanlamasi uslubida ishlangan. Qurilma 4000mA•soat sig‘imli batareyadan oziqlanadi, barcha axborot 5 dyuymli HD displeyida aks etadi. Opsional paket yordamida batareya zaryadini ikki barobar uzoqroq cho‘zish mumkin.

Smartfonimiz xuddi “Yaguar” kabi pishiqdir. Ekranining maxsus protektori uni 1,8 metr balandlikdan tushib ketganda ham sinishdan asraydi. Chuchuk va sho‘r suvga solinganda ham buzilmaydi, yuqori va past haroratga bardoshli. Qisqasi o‘tda yonmaydi, suvda cho‘kmaydi.

Land Rover Explore smartfoniga qiziqqanlar 2018 yilning 26 aprelidan boshlab sotib olishi mumkin. Yevropada smartfonning narxi 649 yevrodan boshlanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Jaguar “o‘tda yonmas, suvda cho‘kmas” telefon ishlab chiqardi