«O‘zbektelekom» operatorlar va provayderlarga Internet-kanallar uchun tariflarni pasaytirdi, deb xabar beradi kompaniya matbuot-xizmati.
«9 avgust kuni «O‘zbektelekom» AK bosh direktori Shuhrat Qodirov tomonidan mobil va qayd etilgan aloqa operatorlari va provayderlariga cheklanmagan hajmdagi trafikning 1 Mbit/s uchun UZTELECOM Internet-kanallari tariflarini 176 682 so‘mdan 169 065 so‘mgacha pasaytirish to‘g‘risida qaror imzolandi», - deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, bir oyda kompaniya ikkinchi marta Xalqaro paketli kommutatsiya markaziga ulangan operatorlar va provayderlar uchun tariflarni pasaytirmoqda.
Bundan avval tariflarning pasayishi 19 iyul kuni e’lon qilingan. Unga ko‘ra tariflarning narxi 1 Mbit/s uchun 244 958 so‘mdan 176 682 so‘mgacha pasaytirilgan edi. Shunday qilib, narxlarning umumiy arzonlashishi 3%ni tashkil etdi.
«O‘zbektelekom» xabarida ta’kidlanishicha, har bir mobil aloqa operatori va provayder taqdim etuvchi xizmatlarining oxirgi iste’molchi uchun narxlarini mustaqil ravishda belgilaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq «O‘zbektelekom»da o‘zgarishlar yuz bergani, avvalgi bosh direktor yana rahbar etib tayinlangani xabar qilingandi.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi