09:27 / 29.10.2018
4 611

Internetda Rossiyaning yangi harbiy vertolyoti suratlari paydo bo‘ldi

Internetda Rossiyaning yangi harbiy vertolyoti suratlari paydo bo‘ldi
Internetda Rossiyaning yangi “kelajak vertolyoti”ning ilk suratlari e’lon qilindi. Ushbu vertolyot “Kamov” konstruktorlik byurosi tomonidan loyihalanmoqda.

Foto: facebook.com/Scramblemagazine
Suratlar Airbase forumida paydo bo‘lgan va vertolyot yetarlicha yuqori baho olgan.

Scramble Magazine nashrining konstruktor Sergey Mixeyevga iqtibos keltirgan holda ma’lum qilishicha, parraklari “Kamov” mahsulotlari uchun an’anaviy tarzda – ustma-ust joylashadigan vertolyot stels-texnologiya qo‘llangan holda loyihalanmoqda, unda yig‘iluvchi shassi va ichki bo‘linmalarda joylashadigan qurol bo‘ladi.

Vertolyot yangi dvigatellar va “o‘rdak” aerodinamik sxemasi bo‘yicha bajarilgan qanotlar oladi. Ekipaj a’zolari Ka-52 “Alligator” vertolyotidagi kabi ikki o‘rindiqli kabinada oldinma-ketin o‘tiradi. Ta’kidlanishicha, vertolyot 700 km/soat tezlik bilan ucha oladi. Mashinaning harbiy versiyasidan tashqari yo‘lovchi modifikatsiyasi ham taqdim qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Internetda Rossiyaning yangi harbiy vertolyoti suratlari paydo bo‘ldi