12:12 / 08.01.2019
7 656

2019 yilda O‘zbekistonda internet tezligi oshadimi?

2019 yilda O‘zbekistonda internet tezligi oshadimi?
Foto: O‘zA
2019 yilda O‘zbekistonda internet tezligi oshadimi? O‘zAning bu savoliga axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov javob berdi.

Vazir o‘rinbosariga ko‘ra, 2016 yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekistonda 100 kishiga to‘g‘ri keladigan simli keng polosali tarmoq foydalanuvchilari soni 9,1 tani tashkil etsa, bu ko‘rsatkich MDH bo‘yicha o‘rtacha 15,8 tani, dunyo bo‘yicha 12,4 tani tashkil etgan. Har bir internet foydalanuvchisiga to‘g‘ri keladigan ulanish tezligi 5,7 kbit/sekund bo‘lsa, MDH bo‘yicha o‘rtacha 59 kbit/sekund, dunyo bo‘yicha esa o‘rtacha 74,5 kbit/sekundni tashkil etgan.

O‘tgan ikki yil ichida «Xalqaro paketli kommutatsiya markazlari va ma’lumotlar uzatish tarmoqlarini kengaytirish» loyihasi doirasida Xalqaro paketli kommutatsiya markazi (XPKM) kompleksi modernizatsiya qilindi va mazkur kompleksning umumiy o‘tkazuvchanlik qobiliyati 10 barobarga oshirilib, 80 Gbit/cekunddan 1 200 Gbit/cekundga yetkazildi. Jami 4 500 kilometrdan ortiq optik tolali aloqa liniyalari va 6 000 dan ziyod mobil aloqa baza stansiyalari qurildi, simlik keng polosali tarmoq sig‘imi 283 000 portga kengaytirildi, operator va provayderlar uchun tashqi internet narxi 91 AQSh dollaridan 10 AQSh dollarigacha pasaytirildi.

Mazkur tadbirlar nafaqat telekommunikatsiya infratuzilmasi kengayishi, xizmatlar sifati yaxshilanishi, balki O‘zbekistonning reyting ko‘rsatkichlari yaxshilanishiga ham xizmat qiladi.

Vazirlik tomonidan telekommunikatsiya xizmatlari tezligi va sifatini oshirish, telekommunikatsiya infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan 2019—2023 yillarga mo‘ljallangan Milliy dastur loyihasi ishlab chiqilgan va hozirgi kunda kelishish jarayonida.

Dasturga asosan:
- 120 000 kilometrdan ortiq optik tolali aloqa liniyalari qurilishi;
- 6 000 dan ortiq mobil aloqa baza stansiyalari qurilishi;
- Keng polosali tarmoq sig‘imi 1,5 million portga kengaytirilishi;
- Ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash markazlari sig‘imi kengaytirilishi va yangilarining qurilishi;
- Tashqi internetga ulanish qobiliyatini qo‘shimcha 10 barobar oshirish;
- Wi-Fi tarmoqlarini keng joriy qilishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » 2019 yilda O‘zbekistonda internet tezligi oshadimi?