
"Barselona" markaziy himoyachisi Ronald Arauho jamoadoshi Pau Kubarsi haqida fikr bildirdi. Euro-football.ru yozishicha, Arauho yosh futbolchining professionalligi va o‘zini tutishi unga katta taassurot qoldirganini ta’kidladi.
18 yoshli ispaniyalik Kubarsi bir necha mavsumdan buyon “Barselona” asosiy tarkibida muhim rol o‘ynab kelmoqda. Arauho, ayniqsa, Kubarsining yoshiga nisbatan yuqori darajadagi professionalligi uni hayratga solganini aytdi.
Kubarsi joriy mavsumda barcha musobaqalarda to‘qqizta uchrashuvda maydonga tushgan. Uning tug‘ilgan kuniga yanvar oyida 19 yil to‘ladi.
Bugun Hans-Diter Flik boshchiligidagi “Barselona” Madridning “Real” jamoasiga qarshi “Santyago Bernabeu” stadionida o‘ynaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:15 da boshlanadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar