DrainerBot deb nomlangan murakkab firibgarlik kampaniyasi aniqlandi, u Android’dagi mobil qurilmalardan internet-trafikni yashirincha sarflaydi. U haqda Oracle’ga tegishli bo‘lgan Moat kompaniyasi xodimlari xabar qilgan.
Topilgan zararli kod yuzlab mobil ilovalarga joylashtirilgan. Ular qurilmalarda yashirin reklamalarni, asosan, videoroliklarni ishga tushiradi.
Bunday dasturlarning muntazam ishlashi har oyda 10 gigabayt internet-trafikni sarflaydi. Shuningdek, zararli dastur ishlamayotgan bo‘lsa ham, qurilma quvvatni tezda yo‘qotadi.
Foydalanuvchi hech qachon o‘z gadjeti zararlangani haqida bilmaydi, sababi reklamalar ekranda ko‘rinmaydi. Zararlangan ilovalar orqasida quyidagilar bor: 4 Seasons (Full), VertexClub, Perfect365, Touch 'n' Beat - Cinema va Draw Clash of Clans.
Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, Android qurilmaning har bir egasi gadjeti qizib ketayotgani va quvvati tez ketayotganidan ehtiyot bo‘lishi lozim. Shuningdek, ishlashning sekinlashuvi yoki tez-tez qayta yuklash hamda katta hajmdagi ma’lumotlarni qayta ishlash ham xavfli belgilar hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi