Foto: “Rbc.ru”
“Telegram” shunchaki muloqot vositasi boʻlib qolmay, yaxshigina ish quroli hamdir. Fikr almashasiz, foto va videofayllarni, muhim yangiliklarga havolalarni bemalol boshqalarga ham ulasha olasiz.
Bu messenjerda oʻzingizga oʻzingiz yozishingiz ham mumkin. Qanday qilib?
Albatta, fleshkasini unutib qoldirganlar elektron pochta yoki telegramda faylni boshqalarga “joʻnatish” usulidan foydalanishidan xabardormiz. Ammo har doim ham bu usul oʻzini oqlayvermaydi. Yaxshisi oʻzingizga oʻzingiz yozing!
Telegramdan fleshka sifatida foydalanish juda oson!
Buning uchun kontaktlar roʻyxatidan oʻzingizni topasizda (roʻyxatda boʻlmasangiz shaxsiy telefon raqamingizni kontaktlarga kiriting) xabarlarni (foto, video, havolalar va hokazo fayllar)ni joʻnataverasiz. Bunda, albatta, fayllarning “ogʻirligi” va internet-trafigingiz sarfini ham unutmang.
Yuqoridagi usul fayllarni hadeb fleshkaga yoki “Dropbox”ga tashlayverishdan qulay va oson. Hech mubolagʻasiz, “Telegram”ingiz boʻlsa, sizga “Dropbox” ham, yondaftar ham kerakmas. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Prezident Mirziyoyev Moskva paradidagi ishtirokidan so‘ng Toshkentga qaytdi
O‘zbekiston muftiysiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Tojikiston va AQSH terrorchilar harakatini kuzatish tizimini joriy etadi
Si Szinpin Makronni omma oldida e’tibordan chetda qoldirdi
Ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlarda kvotalar qisqartiriladi
TikTok AQSH hukumatini sudga berdi
AQSH elchisi: “O‘zbekiston prezidenti aql bovar qilmaydigan ishlarni amalga oshirdi”