13:25 / 03.03.2020
3 688

Sun’iy intellekt koronavirus yuqtirib olganlarni aniqlashda yordam berishni boshladi

Sun’iy intellekt koronavirus yuqtirib olganlarni aniqlashda yordam berishni boshladi
Foto: Twitter
Saratonni aniqlash uchun foydalanib kelingan sun’iy intellekt endi COVID-19 koronavirusini topishda ham ishlatiladi. Dasturiy ta’minotdan Xitoyning 34 ta gospitalida foydalanildi va uning yordamida 32 mingdan ortiq holat bo‘yicha tekshiruvlar o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Neowin'ga tayanib Daryo nashri.

Algoritm Pekinning Infervision kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan va unda NVIDIA Clara’ning uskunalaridan foydalanilgan. Ulardan tibbiyot suratlari va genomikani skanerlashda foydalaniladi. Algoritm kompyuter tomografiyasi yordamida olingan suratlar yordamida 2000 marta tekshirib ko‘rilgan. Hisoblash ishlari NVIDIA V100 videochiplarida amalga oshirildi, ulardan sun’iy intellektni tezlashtirish uchun foydalaniladi.

Infervision dasturiy ta’minoti nafas yo‘llarining olingan suratlarini tahlil qiladi. Ulardan koronavirus keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan pnevmoniya kasalligi begilarini qidiradi. Ushbu belgilar kuzatilgan bemorlar chuqurlashtirilgan tekshiruvdan o‘tkazishga yuboriladi.

Foto: Neowin
COVID-19 koronavirusini aniqlash uchun belgilangan rasmiy qoidalarga ko‘ra, ko‘krak qafasi kompyuter tomografiyasi yordamida tekshirilishi lozim. Koronavirus pnevmoniyaga sabab bo‘ladi va uni nafas yo‘llarining shaffof bo‘lmagan qismida kompyuter tomografiyasi tasvirida ko‘rish mumkin.

2020 yil yanvarida Xitoyning Uxan shahrida COVID-2019 koronavirusi epidemiyasi boshlangani ma’lum bo‘ldi. Infeksiya Antarktida qit’asidan boshqa dunyoning boshqa 5 qit’asidagi mamlakatlarga tarqalib bo‘lgan. 50 dan ortiq davlatlarda, jumladan, Yevropaning 20 dan ortiq mamlakatida virusning tarqalgani ma’lum qilingan. 2 mart holatiga ko‘ra, mazkur infeksiya bilan kasallanish bo‘yicha 89 073 holat aniqlangan va 3048 nafar odamning vafot etgani, 45 095 nafar bemorning tuzalgani ma’lum qilingan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Sun’iy intellekt koronavirus yuqtirib olganlarni aniqlashda yordam berishni boshladi