20:10 / 01.05.2020
2 695

Google Zoom raqobatchisini ishga tushirdi. Undan istalgan kishi bepul foydalanishi mumkin

Google Zoom raqobatchisini ishga tushirdi. Undan istalgan kishi bepul foydalanishi mumkin
Foto: «Ixbt.com»
Google kompaniyasi Google Meet dasturidagi videokonferensiyalarni barcha foydalanuvchilar uchun ishga tushirganini ma’lum qildi.
Avval ushbu servisning kengaytirilgan imkoniyatlaridan GSuite va GSuite for Education biznes-foydalanuvchilari foydalanishi mumkin edi.

May oyidan boshlab barcha foydalanuvchilar Gmail pochtasi yordamida Google Meet’da ro‘yxatdan o‘tishi mumkin bo‘ladi.
Xabarda aytilishicha, avval faqat biznes akkauntlarga ega foydalanuvchilarga taqdim etilgan quyidagi funksiyalar bepul bo‘ladi:
- davomiyligi 60 daqiqagacha bo‘lgan videokonferensiyalar (30 sentabrgacha vaqt bo‘yicha cheklovlarsiz shartlar amal qiladi);
- bir vaqtning o‘zida 100 nafargacha ishtirokchilar;
- ekranni ko‘rsatish;
- real vaqt rejimida tahrirlash;
- ekrandagi oynalarni o‘zingizga moslashtirish, xususan, «Mozaika» rejimi.

Google Meet’dagi videokonferensiyalar va ularning yozuvlari Google Diskda shifrlash bilan himoyalangan.
Google’ning qayd etishicha, Google Meet foydalanuvchilarining ma’lumotlari reklama uchun ishlatilmaydi va uchinchi tomonga berilmaydi.

Google Meet’ning bepul versiyasidan bir necha hafta mobaynida hamma foydalanishi mumkin.
Xohlovchilar xabar olish uchun maxsus forma orqali obuna bo‘lishi kerak.

Kelgusida servisga «meet.google.com» veb-versiyasi, iOS va Android’dagi mobil dasturlar orqali ham ulanish mumkin bo‘ladi. Shuningdek, foydalanuvchilar videokonferensiyalarni oldindan rejalashtirishi va boshqa ishtirokchilarni taklif etishi ham mumkin bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Google Zoom raqobatchisini ishga tushirdi. Undan istalgan kishi bepul foydalanishi mumkin