10:18 / 02.05.2020
2 939

Bir sutka ichida yuqtirilgan koronavirusni aniqlovchi test ishlab chiqildi

Bir sutka ichida yuqtirilgan koronavirusni aniqlovchi test ishlab chiqildi
Foto: «Theuk.one»
AQSH qurolli kuchlari mutaxassislari yuqtirilganiga 24 soat bo‘lgan koronavirusni aniqlovchi yangi test ishlab chiqishdi. Bu haqda «The Guardian» yozmoqda.

Loyiha mualliflariga ko‘ra, yangi test tizimi nafaqat insonda kasallik alomatlari ko‘rinish bera boshlagandan keyin, balki infeksiya boshqalarga yuqib ulgurmasidan bir necha kun oldin koronavirusni topishda yordam beradi.

Bu test hozir ishlatilayotgan testlardan to‘rt kun «oldinda yuradi», deb yozmoqda britan nashri.

AQSH mudofaa vazirligining Istiqbolli tadqiqot dasturlari boshqarmasining ushbu loyihasi avvaliga bakteriologik va kimyoviy hujumlardan zaharlanishni erta aniqlash maqasadlariga qaratilgan edi, pandemiyadan so‘ng dastur koronavirusga qarshi kurashishga jalb etildi.

Endi olimlar testni qo‘llash uchun hukumatning rasmiy ruxsatini kutishyapti. Yangi testlar bir hafta ichida qo‘llana boshlashi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Bir sutka ichida yuqtirilgan koronavirusni aniqlovchi test ishlab chiqildi