Foto: IXBT
YouTube’ning iOS va Android’ga mo‘ljallangan ilovalarida foydalanuvchining uxlash vaqti bo‘lganini eslatib turuvchi funksiya paydo bo‘ldi, deb xabar beradi IXBT.
YouTube’dagi roliklarni tomosha qilishga berilib ketish juda oson. Ayniqsa, hozirgi izolyatsiya sharoitida. Biroq uyquning o‘rniga video ko‘rish — yaxshi g‘oya emas, bu uyquga to‘ymaslik va holdan toyishga olib kelishi mumkin. Servis shuni inobatga olib, video tomosha qilishni to‘xtatib, uyquga yotish kerakligini eslatuvchi yangi funksiyani taqdim etdi.
Eslatish parametlari, xususan, vaqt va uning qanchalik qattiq bo‘lishini (servis rolik tugashini kutishi yoki eslatish uchun uni to‘xtatib qo‘yishi) foydalanuvchilar sozlamalar orqali belgilab olishi mumkin. Albatta, mazkur eslatish funksiyasini o‘chirib qo‘yish va video tomosha qilishni davom ettirish mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi