19:44 / 28.07.2020
2 299

Xiaomi simsiz quloqchinlar saqlanadigan birinchi smartfonni ishlab chiqarmoqchi

Xiaomi simsiz quloqchinlar saqlanadigan birinchi smartfonni ishlab chiqarmoqchi
Xitoyning elektronika tovarlari ishlab chiqaruvchi Xiaomi kompaniyasi dunyo bozorida mavjud bo‘lmagan noyob smartfonni patentladi.

Uskunaning o‘ziga xos xususiyati shuki, yuqori qismida simsiz quloqchinlar uchun mo‘ljallangan maxsus joy bo‘ladi. Unga joylashtirilgan quloqchinlar har doim quvvatlantirilib turiladi. Bu bilan kompaniya quvvatlantiruvchi alohida futlyardan to‘liq voz kechish ustida ishlamoqda. Bu esa mijozlar uchun juda qulay bo‘lishi mumkin.

Quloqchinlar ham o‘ziga xos dizaynga ega, yuqori qismi buraladigan shaklda bo‘ladi. Uni burab, quloqqa taqiladigan shaklga keltirish yoki smartfon korpusiga joylashtirish mumkin.
Quloqchinlar Bluetooth kanal orqali ulanadi. Shuningdek unda tobora ommalashib borayotgan shovqinbostirish tizimi ham bo‘ladi.

Qayd qilish joizki, ishlab chiqaruvchilar zamonaviy smartfonlarning noziklashib borayotgani, undagi elementlar zich joylashgani sababli, hatto 3,5 mm raz’yom uchun joy qolmayotganidan shikoyat qilib kelishayotgan edi. Bu muammoni Xiaomi qanday hal qilishi qiziq.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Xiaomi simsiz quloqchinlar saqlanadigan birinchi smartfonni ishlab chiqarmoqchi