Foto: «iPhones.ru»
Komiya niki ostida faoliyat olib boruvchi tahlilchi va insayder «iPhone 12» turkumiga kiruvchi smartfonlarning sxematik tasvirlari va taxminiy narxlarini tvitterda e’lon qildi.
iPhone 12 series finalized design confirmed by @Jioriku and me pic.twitter.com/XQSwUy8WPV
— Komiya (@komiya_kj) August 22, 2020
Blogerda mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, «iPhone»ning ushbu turkumi 12, 12 Pro, 12 Max hamda 12 Pro Max modellaridan iborat bo‘ladi. Dastlabki ikkitasida qo‘shkameralar, 12 Max va 12 Pro Maxda uchtalik kameralar o‘rnatiladi.
Katta modellar (12 Max va 12 Pro Max) 128, 256 va 512 gigabaytlik, 12 va 12 Pro modellari 128 va 256 gigabaytlik xotiralarda chiqarilishi kutilyapti.
Insayderga ko‘ra, «iPhone 12» smartfonlari narxi 700 dollardan boshlanadi (128 gigabaytlik qurimalar). 256 gigabaytlik qurilmalar uchun esa 800 dollarning bahridan o‘tishga to‘g‘ri keladi. Xotira sig‘imiga qarab, 12 Max — 800/900 dollar, 12 Pro — 1000/1100 dollardan taklif etiladi. Uning top-versiyasi (512 gigabayt) narxi 1300 dollar. 12 Pro Max flagmani esa 1100, 1200 va 1400 dollardan sotiladi (128, 256 va 512 gigabayt). “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi