19:00 / 07.10.2020
2 986

Apple 13 oktabr kuni taqdimot o‘tkazadi. Unda, katta ehtimol bilan, yangi ayfonlar ko‘rsatiladi

Apple 13 oktabr kuni taqdimot o‘tkazadi. Unda, katta ehtimol bilan, yangi ayfonlar ko‘rsatiladi
Foto: Pixabay
Apple kompaniyasi jurnalistlarga yangi taqdimot marosimiga taklifnoma jo‘natdi. Taqdimot marosimi 13 oktabr kuni bo‘lib o‘tadi. Marosim Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi.

Taqdimot marosimida aynan nima ko‘rsatilishiga kompaniya rasman aniqlik kiritmagan. Ko‘pchilik tahlilchilar Apple’ning yangi ayfonlarni ko‘rsatishini taxmin qilmoqda.

The Wall Street Journal tahlilchisi Joanna Stern taklifnoma matni ayfonlarning ish samaradorligi, 5G tezligi va nisbatan tezroq quvvatlash moslamasi taqdim etilishiga ishora qiladi.

Sentabr oyi boshida insayderlar 2020 yilda Apple birinchi marta bir vaqtning o‘zida to‘rtta model — 5,4 va 6,1 diagonalli ikkita iPhone 12 hamda 6,1 va 6,7 dyuymli ikkita iPhone 12 Pro smartfonlarini taqdim etishini ma’lum qilgan edi.

15 sentabr kuni Apple taqdimot o‘tkazib, yangi soatlar, aypadlar hamda kompaniyaning barcha servislariga yangi yagona obunani taqdim etgan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Texno » Apple 13 oktabr kuni taqdimot o‘tkazadi. Unda, katta ehtimol bilan, yangi ayfonlar ko‘rsatiladi