07:50 / 03.04.2024
115

Nima uchun tunda ovqatlanish zararli va ushbu odatdan qanday qutulish mumkin?

Nima uchun tunda ovqatlanish zararli va ushbu odatdan qanday qutulish mumkin?
Inson organizmi shunday yaratilganki, ovqatlanish va uyqu bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan tushunchadir, chunki tana tunda orom olishi kerak. Uyqu kelishidan avval organizmda ishtahani kamaytiradigan leptin moddasi ishlab chiqiladi. Ushbu gormon glyukoza va yog‘lar almashinuvi jarayonini ham o‘zgartiradi. Uyg‘ongach esa oshqozondagi enteroendokrin hujayralar grelin deb ataluvchi ishtahani qo‘zg‘aydigan gormon ishlab chiqaradi.

Foto: Thinstock
Demak, tunda doimiy tamaddi qilish ehtiyoji paydo bo‘lishi endokrin va oshqozon-ichak tizimida biror o‘zgarish yuz berganidan darakdir. Quyida buning kelib chiqish sabablarini ko‘rib chiqamiz:

Kaloriya yetishmasligi
Amerikalik neyrobiolog Nikol Avenaning so‘zlariga ko‘ra, tunda tez-tez ovqatlanish, asosan, kunduz kuni ovqatdan kam quvvat olgandan va kaloriya yetmaganidan yuzaga keladi.

Agar ozish maqsadida parhez tutsangiz va kechasi soat ikkida qayta ovqatlanish uchun uyg‘onaversangiz, bu sizning tanangizda kun davomida oziq-ovqat yetarli bo‘lmaganini anglatadi. Shu sababli uyqu ham buziladi”, — deb tushuntirdi u.

Stress va tushkunlik
Psixologiya va psixiatriya fanlari professori Kelli Ellisonning fikricha, kuchli stress ham yarim tunda ochlikni keltirib chiqaradi. Ko‘pchilik insonlar dardni “yeyishga”, shu tarzda o‘zini oz bo‘lsa-da chalg‘itish va tinchlantirishga harakat qiladi. Bunday pala-partish ovqatlanish tez orada odatga aylanadi va har tushkunlikka tushganda inson ko‘proq taom yeyishga moyil bo‘ladi.

Ruhiyatda buzilishlar
Kuchli stress va uzoq davom etgan tushkun holat bora-bora depressiyaga olib keladi. Bunday vaqtda inson ko‘pincha hayot tartibiga ahamiyat bermaydi: Kunduz kuni tuz totmagan bemor yarim tunda birdan ko‘p tamaddi yeb qo‘yadi.

Ba’zan kechasi ovqatlanish organizmga jiddiy zarar keltirmaydi, biroq bu odat tusiga kirsa, semizlik bilan birga insulin darajasining kamayishiga olib keladi. Shuningdek, tungi ovqatlanish uyqu sifatini tushiradi va kayfiyatga salbiy ta’sir etadi.

Yarim tunda ovqatlanishdan qanday xalos bo‘lish mumkin?
Professor Ellison ta’kidlashicha, tunda och qolganda ovqatlanishdan chalg‘itadigan biror boshqa mashg‘ulot bilan shug‘ullanish lozim. Masalan, kitob o‘qish, musiqa eshitish, yoki tichlantiruvchi boshqa ish bilan shug‘ullanish.

Shuningdek, muzlatkichda fastfud va tez pishar boshqa zararli mahsulotlar bo‘lmasligiga amin bo‘ling. Agar bu yo‘llar foyda bermasa, shifokor va mutaxassisga murojaat etish lozim.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Nima uchun tunda ovqatlanish zararli va ushbu odatdan qanday qutulish mumkin?