date

«Xiyonat qilingan»: Donnarumma PSJdan ketishini og‘ir qabul qilganini aytdi

«Xiyonat qilingan»: Donnarumma PSJdan ketishini og‘ir qabul qilganini aytdi

Janluiji Donnarumma Parijdagi sahifasi yakun topganini hali ham og‘ir qabul qilmoqda. Unga ko‘ra, Yevropadagi eng nufuzli klublardan biri bilan xayrlashish hech qachon oson bo‘lmaydi, ayniqsa jamoa bilan YECHLni qo‘lga kiritgan shunday muvaffaqiyatli mavsumdan keyin.

Darvozabon o‘z so‘zlarida shunday deydi — klubdan ketish jarayoni unda «xiyonat qilingan»dek tuyg‘u uyg‘otgan. Parijga kelganida o‘zini “PSJ” uchun mos o‘yinchi deb hisoblagan Donnarumma oxirgi oylarda vaziyat keskin o‘zgarganini ta’kidlaydi. Uning aytishicha, bu holat uni ruhan sindirgan, chunki ketish qarori ortidagi voqealarni hali ham tushunish qiyin.

Shu bilan birga, darvozabon vaziyat qanday hal qilinganidan norozi bo‘lganini yashirmadi. Ammo o‘tmish bilan yashash mumkin emas — hayot davom etadi va u buni qabul qilishga majbur. Donnarumma Parijda o‘tgan yillarini minnatdorlik bilan yodga oladi: jamoadoshlar, muxlislar va shaharning o‘zi unga ikkinchi uyga aylangan. Parijdagi har bir daqiqa, har bir muvaffaqiyat va har bir qo‘llab-quvvatlash unga qimmatli xotira sifatida qolgan.

Hozirda “Manchester Siti” darvozasini qo‘riqlayotgan italiyalik posbon kelajakda Parijga albatta qaytishini aytdi — chunki bu shahar uning professional va shaxsiy hayotida o‘chmas iz qoldirgan.

Ma’lumot uchun, Donnarumma yozgi transferlar oynasida “PSJ” ustozi Luis Enrikening o‘yin uslubiga mos kelmagani uchun APL chempioniga sotilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Xiyonat qilingan»: Donnarumma PSJdan ketishini og‘ir qabul qilganini aytdi