date

Gvardiola Fernandinoning faoliyati yakuniga izoh berdi

Gvardiola Fernandinoning faoliyati yakuniga izoh berdi
Manchester Siti bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoaning sobiq yarim himoyachisi Fernandinoning futbolchilik faoliyatini yakunlagani haqida fikr bildirdi. Braziliyalik futbolchi "shaharliklar" safida 2013-yildan 2022-yilgacha harakat qilgan.

Yaqinda 40 yoshli futbolchi butsalarini mixga ilish qarorini eʼlon qildi. "Ajoyib xotiralar.

Oʻsha davrning oʻziga xos futbolchilari doim yuragimda qoladi, Fernandinyo ham ularning biri. Men bu yerga oʻn yil avval kelganimda u menga juda katta yordam bergan edi.

U ajoyib futbolchi edi. Ishonchim komilki, u faoliyatini yakunlagandan soʻng ham futbol bilan bogʻliq boʻladi.

Har bir futbolchi faoliyatini tugatgach, "oilam va farzandlarim bilan boʻlmoqchiman", deb aytadi. Ammo bir necha kundan soʻng, "Keyin nima qilaman?" deb oʻylay boshlaydi.

Yuqori darajada oʻynagan tajribali inson futbolga kerak. U yangi avlod uchun koʻp narsa bera oladi.

Fernandinoni ajoyib, ulkan faoliyati bilan tabriklayman. U kelajakda Manchester Siti murabbiyi boʻlishi mumkinmi?

Balki, balki... Bu uning qanchalik yaxshi ekaniga bogʻliq", – dedi Gvardiola City Report nashriga.

Fernandinoning futbolchilik faoliyatidagi soʻnggi klubi Braziliyaning "Atletiko Paranaense" jamoasi boʻldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Gvardiola Fernandinoning faoliyati yakuniga izoh berdi