date

Kivu «Inter» uchun fransuz futbolchisini xohlamoqda

Kivu «Inter» uchun fransuz futbolchisini xohlamoqda
Milanning «Inter» klubi bosh murabbiyi Kristian Kivu «Roma» yarim himoyachisi Manu Kone transferini amalga oshirishni istamoqda. Maʼlumotlarga ko‘ra, Kivu 24 yoshli fransuz futbolchisini o‘z jamoasida ko‘rish g‘oyasiga juda katta qiziqish bildirgan.

Transfermarkt portali Kone transfer narxini 50 million yevroga baholagan. Shunga qaramay, «Roma» yulduzini transfer qilish oson bo‘lmaydi.

Jurnalist Paskuale Guarroning xabar berishicha, Kivu bu transferni amalga oshirishga qatʼiy qaror qilgan. «Roma» Kone’ni 2024 yil yozida Germaniyaning «Borussiya Myonxengladbax» klubidan 18 million yevroga sotib olgan edi.

Joriy mavsumda futbolchi barcha musobaqalarda «bo‘rilar» safida 15 o‘yin o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi. Yakshanba kuni 12-tur doirasida «Inter» o‘zining ashaddiy raqibi «Milan»ga qarshi bahs olib boradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kivu «Inter» uchun fransuz futbolchisini xohlamoqda