date

Kiryakov: Keyn gol urish uchun ideal jamoada

Kiryakov: Keyn gol urish uchun ideal jamoada
Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Sergey Kiryakov Myunxenning "Bavariya" klubida Garri Keynning rivoji haqida fikr bildirdi. Ekspert ingliz hujumchisi borasidagi mulohazalarini "Euro-Futbol.Ru" onlayn nashriyotiga bergan intervyusida o‘rtoqlashdi.

"U hujumlar uchun qulay imkoniyatlar yaratiladigan jamoaga tushib qoldi. Uning vazifasi faqatgina ushbu imkoniyatlarni golga aylantirish.

Bu borada unga omad kulib boqdi – "Bavariya"da "Tottenxem"dan ko‘ra ancha yaxshi sharoitlar mavjud. London klubida bunday yuqori darajadagi ijrochilar yo‘q edi va o‘yin ham u uchun maxsus moslashtirilmagan edi.

Hozirgi jamoasida esa har bir futbolchi individual mahoratga ega va o‘yinni o‘z qo‘liga olgan holda imkoniyat yaratib bera oladi. Keyn o‘zini to‘g‘ri joylarda, kerakli nuqtalarda topa oladi va sheriklarining harakatlarini samarali yakunlaydi.

"Bavariya"da juda ko‘p gol urish imkoniyatlari yaratiladi va Keyn ba'zi vaziyatlarda o‘zini to‘liq safarbar qilmasdan ham o‘ynay oladi. Agar u biroz ko‘proq diqqatli bo‘lsa, hozirgidan ham ko‘proq gol urishi mumkin edi", dedi Kiryakov.

Joriy mavsumda 32 yoshli hujumchi barcha musobaqalarda "Bavariya" safida 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol va 3 ta assist qayd etdi. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko‘ra, ingliz futbolchisining transfer qiymati 75 million yevroga baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kiryakov: Keyn gol urish uchun ideal jamoada