Foto: Emergency-live.com
Tinch turgan holatda to‘satdan nafas olish qiyinlashib qolganda inson nima qilishni bilmay, sarosimaga tushadi va uni vahima bosadi. Nafas qisilishining tez-tez yuzaga kelishi biror kasallikning alomati yoki noto‘g‘ri turmush tarzining natijasi bo‘lishi mumkin.
Nima uchun nafas olish qiyinlashadi va buning sababi qanday aniqlanadi?
Agar odamda nafas olish muammosi bo‘lsa, holatning yomonlashishiga nima sabab bo‘lganini aniqlash kerak. Vaziyatni mustaqil tahlil qilish noto‘g‘ri tashxis va davolanishga olib keladi. Bunday holatda faqatgina tibbiy muassasa mutaxassislari yordamida aniq tashxis qo‘yiladi.
Quyidagilar nafas olish qiyinlashuviga sabab bo‘ladi:
- yurak yoki qon tomirlari bilan bog‘liq muammolar;
- bronxial astma;
- stress;
- kamqonlik;
- ko‘krak qafasining shikastlanishi;
- allergik reaksiya;
- ortiqcha vazn;
- tomoqda yot jismning tiqilib qolishi;
- boshqa omillar.
Nafas olish qiyinlashganda nima qilish lozim?
Foto: Wday
Nafas olishda birdaniga bo‘g‘ilish paydo bo‘lganda insonni vahima bosadi, shuning uchun jabrlanuvchi muammoni mustaqil ravishda hal qilishi mushkul. Bunday vaziyatda bemorga yordam berish uchun uni tinchlantirish va bir muddat qog‘oz paket yoki buklangan kaftlar ichida nafas olishni taklif qilish kerak. Bunday usul orqali qon tomiri kengayishiga hissa qo‘shadigan karbonat angidrid konsentratsiyasi oshadi.
Bo‘g‘ilish belgilari o‘tib ketganidan so‘ng quyidagi bo‘shashtiruvchi mashqlarni bajarish kerak:
- nafas olayotganda 6 gacha sanang;
- nafas chiqarayotganda esa 8 gacha sanang;
- tilingizni tashqariga chiqargan holda tez-tez nafas oling va chiqaring.
Vaziyatni yaxshilash uchun barcha mashqlarni bir necha marta takrorlash lozim.
Tekshiruvlar natijasida biror kasallik aniqlanmasa va hamon nafas olish qiyin kechsa, qanday yo‘l tutish kerak?
Foto: Wday
Nafas olish qiyinlashuvining sabablaridan biri noto‘g‘ri turmush tarzi va zararli ovqatlarni ko‘p iste’mol qilishdir. Ortiqcha miqdordagi shakar, kimyoviy qo‘shimchalar va boshqa moddalar qonni quyuqlashtiradi va ichki organlarga kislorod yetib borishini qiyinlashtiradi.
Qon aylanishini yaxshilash uchun diyetangizni o‘zgartiring. Sabzavot va mevalar iste’mol qiling, yetarlicha toza suv iching, go‘sht iste’molini kamaytiring va shakar, un mahsulotlarini ratsiondan chiqarib tashlang.
Nafas olish qiyinligi ma’lum bir kasallik alomatidir. Vaziyatni og‘irlashtirmaslik uchun mustaqil ravishda davolanmaslik hamda aniq tashxis qo‘yish uchun shifokorga murojaat qilish zarur. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi