Nafas qisishi: Uning qanday sabablari bor?

Salomatlik2 daqiqa o'qish699
Nafas qisishi: Uning qanday sabablari bor?
Nafas olish — hayotni ta’minlovchi muhim jarayon. Ammo ba’zan insonlarda nafas qisishi bilan bog‘liq turli muammolar yuzaga keladi. Xo‘sh, buning sababi nima?

Ushbu savolga Milliy tibbiyot markazi vrach, pulmonologi Nigora Mo‘minova javob berdi.
Nafas qisishi: Uning qanday sabablari bor?
Nafas qisishini keltirib chiqaruvchi bir qancha sabablar bor, — deydi mutaxassis. — Ular fiziologik va patologik bo‘lishi mumkin. Fiziologik nafas qisishi jismoniy harakat tufayli kelib chiqib, organizmning kislorod ehtiyoji oshishi natijasida paydo bo‘ladi.

Bu holat 10-20 daqiqadan so‘ng o‘tib ketsa, salomatlik uchun zarari yo‘q. Ammo biror jismoniy harakatdan keyin uzoq vaqt nafas qisishi davom etsa, bu biror kasallik alomati hisoblanadi. Nafas qisilishi ob’yektiv bo‘lishi ham mumkin. Kishi doimo bu muammodan aziyat cheksa, unga ko‘nikib, bora-bora sezmay qoladi. Bunda bemor gaplashganda va yurganda yoki harakatlanganda og‘ir nafas oladi. Agar bu holat turli kasalliklar tufayli yuzaga kelsa, patologik nafas qisishi, deyiladi.

Xususan, nafas olish, asab, yurak-qon tomir tizimi va boshqa a’zolar xastaliklarida uchraydi. Markaziy nafas qisishi nafasning idora qilinishi buzilganda yoki bosh miyadagi nafas markazida muammo kuzatilganda ro‘y beradi. Bu holat tinchlantiruvchi dorilar yoki narkotik moddalar bilan zaharlanish, bosh miya jarohatlari, bosh miyaga qon quyulishida sodir bo‘ladi.

Shuningdek, nafas qisishi o‘pka qafasi shikastlanganda, nafas olish tizimi a’zolari zararlanganda (surunkali obstruktiv o‘pka va o‘pkaning interstisial xastaliklari, bronxial astma, pnevmoniya, o‘pka tuberkulyozi, plevra varaqlari kasalliklari va boshqalarda) kuzatiladi.

Nafas a’zolari xastaliklari tufayli kelib chiqadigan bunday holat inspirator va ekspirator turlarga bo‘linadi. Dastlabki holatda bronxlardagi shilliq, balg‘am yoki o‘pkadagi o‘sma sababli nafas olish qiyinlashadi. Ekspirator turda esa bronxlar muskulaturasi spazmi tufayli nafas chiqarish qiyinlashadi.

Bo‘g‘ilib qolishgacha olib keladigan nafas qisishi bronxial astma va yurak astmasida sodir bo‘ladi. O‘pka to‘qimasidagi katta hajmli zararlanishlarda bo‘ladigan bu holat esa ozgina jismoniy harakat qilganda ham kuchayadi.

Bemordagi nafas qisishiga nima sabab ekanini aniqlash uchun bir qancha tekshiruvlar amalga oshiriladi. Og‘ir holatlarda bronxoskopiya o‘tkaziladi. Bir daqiqada 16-20 marta nafas olib-chiqarish sog‘lom odam uchun me’yor hisoblanadi.

Bemorning isitmasi ko‘tarilganda yoki kishi qattiq asabiylashganda daqiqasiga 25 martadan ko‘p nafas olishi mumkin.

Nafas qisishi bilan kechadigan kasalliklarning oldini olishda organizmni chiniqtirish, jismoniy mashqlar va nafas gimnastikasi bilan shug‘ullanish, nafas yo‘llarining yuqumli va allergik xastaliklarini o‘z vaqtida davolash, tamaki chekmaslik va ortiqcha vazndan saqlanish tavsiya etiladi.

Milliy tibbiyot markazi

Matbuot xizmati: Zulayho Musurmonova
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?