
Buning uchun nimalarga amal qilinadi?
Shu kabi savollarga Milliy tibbiyot markazi Terapiya boʻlimi mudiri, oliy toifali shifokor, terapevt Nargiza Xalilova javob berdi.

Kuz — virusli kasalliklar tanaga hujumini kuchaytiradigan vaqt va bu paytda immunitet tizimi kuchaytirilgan himoyaga muhtoj boʻladi. Sovuq havo boshlanishi paytida uni samarali tarzda qoʻllab-quvvatlashning bir qancha usullari mavjud. Immunitetni qanday mustahkamlashni bilsangiz, kasalliklar haqida tashvishlanishga hojat yoʻq. Buning uchun siz bir nechta oddiy qoidalarga amal qilishingiz kerak.
Yaxshi va etarli darajada uxlang
Har bir inson bolaligidanoq sogʻlom uyqu salomatlikning kaliti ekanligini biladi. Hech oʻylab koʻrganimisiz, nega kasal boʻlib qolganimizda instinktiv ravishda toʻshagimizni tark etishga shoshilmaymiz? Gap shundaki, uyqu paytida tanamizda bir qator gormonlar, xususan, tanamizning asosiy himoya hujayralaridan biri — limfositlarning faollashuvida ishtirok etadigan oʻsish gormoni va melatonin ajralib chiqadi. Shuning uchun qattiq uyquga ketgan vaqtimizda immunitetimiz bizni virus va bakteriyalardan faol himoya qiladi.
Sirkad ritmlar hosil boʻlishi uchun oʻzingizni bir xil vatqda uyquga yotishga oʻrgatish juda muhim. Keyin organizmning oʻzi uyqu uchun zarur boʻlgan soatlar sonini aniqlaydi. Misol uchun, organizmning tiklanishi uchun ayrim kishilarga etti soat, boshqasiga esa sakkiz soat kerak boʻladi. Aytgancha, bu ayniqsa migren bilan ogʻriganlar uchun bosh ogʻrigʻini oldini olishning yaxshi usuli hisoblanadi.
Toʻgʻri ovqatlanish
Organizmni barcha turdagi oziq moddalar — oqsillar, yogʻlar va uglevodlar bilan ta'minlash juda muhim. Kuz muntazam parhezlar uchun eng yaxshi vaqt emas.
Bundan tashqari, parhezingizga koʻproq vitaminlar qoʻshishingiz kerak, masalan, oʻtli damlamalar, mevalar, yangi uzilgan sabzavotlar va yongʻoqlardan foydalanish mumkin. Birinchi navbatda, yangi uzilgan meva va sabzavotlarni, ayniqsa mavsumiy vitaminlar mavjud boʻlgan mahsulotlarni iste'mol qiling.
Meva va sabzavotlar har kungi ovqatlanish rasioningizda boʻlishi kerak, bu holatda organizm vitaminlar bilan ta'minlanadi va immunitetni mustahkamlashga yordam beradi. Masalan, C vitamini organizmda toʻplanmaydi, ya'ni uni har kuni ovqat bilan birga olish kerak.
Sport — salomatlik va yaxshi kayfiyat garovi
Sport bilan shugʻullanish qonimizni kislorod bilan boyitishi, chidamlilikni rivojlantirishga yordam berishi va stress darajasini kamaytirishi isbotlangan. Agar sport bilan shugʻullanish uchun vaqtingiz boʻlmasa, piyoda yurishni odatingizga aylantiring.
Sport zalida va toza havoda mashq qilishda turli mushak guruhlari stressni boshdan kechiradi. Bu kislorodning turli xil toʻyinganligi bilan bogʻliq. Bunday almashinish nafaqat mushak toʻqimalarining uygʻun rivojlanishini ta'minlaydi, balki vazn yoʻqotish jarayoniga ham hissa qoʻshadi.
Yillik emlanishni oʻtkazib yubormang
Har bir inson yordamga muhtoj va bizning immunitetimiz bundan ham mustasno emas. Oʻz vaqtida emlanish tufayli siz immunitet tizimini zaiflashgan va butunlay xavfsiz patogenlar bilan “tanishtirish” orqali kasallikning boshlanishini samarali ravishda oldini olishingiz, shuningdek kelajakda uning sovuq mavsumda haqiqiy patogenlardan faol himoyalanishga tayyorligini oshirishingiz mumkin.
Grippga qarshi emlash uchun optimal vaqt — kuzning boshi. (sentyabr va oktyabr oylari). Toʻliq himoyani rivojlantirish uchun kamida 2-4 hafta kerakligini hisobga olish kerak.
Virusli mavsum arafasida har yili grippga qarshi emlanish va pnevmoniyaning asosiy qoʻzgʻatuvchisi — pnevmokokka qarshi har besh yilda bir marta emlanish tavsiya etiladi. Bundan tashqari siz yangi koronavirus infektsiyasiga qarshi revaksinatsiyadan oʻtishingiz kerak.
Grippga qarshi emlanish nafaqat virusga qarshi
Immunitetni shakllantirishi, balki sogʻlom insonlarda ham, yurak-qon tomir tizimining mavjud kasalliklari boʻlgan insonlarda ham yurak-qon tomir tizimini himoya qilishga katta hissa qoʻshadi.
Amerika kardiologlar assosiatsiyasining ma'lumotlariga koʻra, grippga qarshi vaksina olgan yurak xastaligi boʻlgan bemorlarda oʻlimga olib keladigan oqibatlar xavfi grippga qarshi vaksina olmaganlarga qaraganda 18 foizga ga kam boʻlgan. Boshqa kasalliklardan oʻlim xavfi 28 foizga, grippga qarshi emlanganlarda esa yurak muammolarini boshdan kechirish xavfi 13 foizga kamaygan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar