53
Buyrak kasalliklari, uning alomatlari, iste’mol qilsa bo‘ladigan va bo‘lmaydigan mahsulotlar
Buyrak kasalliklarining dastlabki alomatlari qanday?
Buyrak kasalligi bilan og‘riganlar nimalarning iste’molidan tiyilishi kerak?
Buyraklar faoliyatida muammo borligidan ogohlantiruvchi xavfli alomatlardan xabardormisiz?
Milliy tibbiyot markazi nefrologi Iskandar O‘tanazarov ma’lumotlari orqali yuqoridagi barcha savollarga javob oling.
Buyraklar tanada juda muhim vazifani bajaradi. Bir daqiqa ichida ulardan bir litr qon o‘tadi, doimiy ravishda toksinlar va zararli moddalardan tozalanadi. Biologik faol, xususan, renin – qon bosimini tartibga soluvchi, eritropoetin – eritrotsitlarning hosil bo‘lish tezligini tartibga soluvchi moddalar ishlab chiqaradi. Suv muvozanatini va qondagi natriy, kaliy, fosfor kabi minerallar konsentratsiyasini nazorat qilishga yordam beradi.
Buyraklar kasallanganda organizmning zaharlanish jarayoni boshlanadi. Organizmni toksinlar va zahardan tozalashga ichaklar, teri, o‘pka va jigar yordam bera boshlaydi, lekin bu a’zolar bunga moslashmagani tufayli o‘zi ham kasallanadi.
Buyrak kasalligining dastlabki belgilari:
• peshob miqdorining ko‘payishi yoki kamayishi, rangi to‘q jigarrang yoki rangsiz bo‘lishi;
• shish paydo bo‘lishi, ko‘pincha qo‘l, oyoq, to‘piq, yuz va ko‘z ostida terining sarg‘ayishi;
• muntazam charchoq va zaiflik;
• bel va qorinning pastki qismida og‘riqlar;
• terida tez-tez toshmalar toshishi, yallig‘lanish, qichishish;
• ko‘ngil aynishi, ishtahaning bo‘g‘ilishi;
• kamqonlik.
Buyrak kasalligining belgilari barchasi bir vaqtda kuzatilmaydi. Yuqorida ko‘rsatilgan belgilar to‘plamda ham, jadalligida ham farq qilishi mumkin. Buyrak kasalligi boshlang‘ich davrda peshob, qon tahlili va ultratovush yordamida tekshirish orqali aniqlanadi.
Buyrak kasalligi bo‘lgan odamlarning ovqatlanishi muvozanatlangan bo‘lishi lozim. Unga har kuni sabzavot va mevalarni vitaminlar, mikroelementlar, kletchatka manbai sifatida kiritilishi zarur.
Buyrak kasalligi bilan og‘rigan insonlar iste’mol qiladigan mahsulotlar turfa-xil, muhim oziq moddalar tarkibi jihatidan muvozanatlangan bo‘lishi kerak.
Mutaxassis kuniga 5-6 marta kam miqdorda ovqatlanishni tavsiya qiladi.
“Ratsion xilma-xil, muhim oziq moddalari tarkibi jihatidan muvozanatlangan, ba’zi hollarda – oqsillar cheklangan bo‘lishi kerak. Oqsil manbalari sifatida asosan qaynatilgan holda go‘sht va yog‘li bo‘lmagan parranda va sut, yog‘i kam bo‘lgan mahsulotlar, tuxum, kam miqdorda baliq kunlik ratsion tarkibida bo‘lishi lozim”, - deydi u.
Shifokor kunlik ratsionda tuz miqdorini cheklash kerakligini ta’kidladi, ya’ni kuniga 5 grammgacha yoki undan kam.
Birinchi navbatda, tuzlangan bodring, marinadlar, dudlangan go‘sht, konserva mahsulotlari iste’mol qilishdan cheklanish lozim.
Sog‘ligingizga e’tiborli bo‘ling!
Milliy tibbiyot markazi Matbuot xizmati.
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Metabolizm sekinlashganining belgilari