
“Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola xalqaro tanaffusdan keyingi davr haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Uning ta’kidlashicha, jamoa uchun asosiy sinovlar endi boshlanadi.
Gvardiola o‘yin oldidan: “Haqiqiy mavsum endi boshlanadi. Xalqaro tanaffus tugadi va mart oyigacha hech qanday tanaffus yo‘q”, deya qayd etdi. Uning aytishicha, jamoaning ritmga tushishi, musobaqalarda barqarorlikni saqlash va futbolchilarning jismoniy tayyorgarligini optimal darajada ushlab turish bu davrda eng muhim vazifalardan biri bo‘ladi.
Mashhur murabbiyning ushbu fikrlari sport jamoatchiligida e’tibor uyg‘otdi. Chunki “Manchester Siti”ni Premyer liga, kubok uchrashuvlari va xalqaro musobaqalarda muhim va murakkab o‘yinlar kutmoqda. Shu sabab jamoa uchun dekabrdan martgacha bo‘lgan davr katta ahamiyatga ega.
Pep Gvardiola boshchiligidagi jamoaning har bir o‘yini doimo e’tibor markazida bo‘ladi. Muxlislar bu uzluksiz o‘yinlar davri “Manchester Siti”ning mavsumdagi umumiy natijalariga qanday ta’sir qilishini katta qiziqish bilan kuzatmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.