Xotirani mustahkamlash va insult xavfini kamaytirishning noodatiy usuli aniqlandi

2 daqiqa o'qish166
Xotirani mustahkamlash va insult xavfini kamaytirishning noodatiy usuli aniqlandi
Tushlik vaqtida 20-30 daqiqaga uxlab olish diqqatni jamlash, xotirani mustahkamlash, yurak xuruji va insultga chalinish xavfini kamaytiradi. Bu haqda Rossiya maorif universiteti tibbiyot fakultetining fundamental fanlar kafedrasi dots.nti Tatyana Krimseva “Izvestiya” nashriga xabar berdi.
Xotirani mustahkamlash va insult xavfini kamaytirishning noodatiy usuli aniqlandi
Foto: iStock
“O‘rta yoshli insonning kundalik uyqu normasi 7 soatdan 9 soatgacha, o‘rtacha 7 soat va 40 daqiqani tashkil etadi. Ammo yillarda insoniyatning uyqu davomiyligi keskin qisqara boshladi. Tinimsiz ish va tig‘iz kun tartibi bilan bog‘liq bu surunkali uyqusizlik ortidan turli kasalliklarning miqdori ortdi. Xususan, yurak-qon tomir tizimi va oshqozon-ichak trakti bilan bog‘liq xastaliklar tobora yoshara boshladi”, deydi u.

Tatyana Krimsevaning so‘zlariga ko‘ra, biz ahamiyat bermagan kunduzgi uyqu hayotiy va fiziologik jihatdan muhim bo‘lib, unda tana nafaqat dam oladi, balki barcha organlar va muhim tizimlar ishi tiklanadi, zarur gormonlarning yetarli miqdorda ishlab chiqarilishi tufayli tanadagi gormonal muvozanat tartibga keladi.

Shu sababli kunduz kuni qisqa vaqtga mizg‘ib olishga vaqt topish juda foydalidir. Buning uchun soat 13:00 dan 15:00 gacha bo‘lgan vaqtda atigi 20-30 daqiqa uxlash kifoya. Bunda inson to‘liq yotib dam olishi shart emas. Ish kiyimida va odatiy kresloda ham uxlash mumkin. Bu vaqtda xonada tinchlik va sukunatning ta’minlanishi yanada foydalidir.
Xotirani mustahkamlash va insult xavfini kamaytirishning noodatiy usuli aniqlandi
Foto: Adobe Stock
“Kunduz kungi uyqu organizmdagi barcha organlar faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bunday uyqu diqqatni jamlashni taxminan 50 foizga yaxshilaydi, xotirani 30 foizga mustahkamlaydi, yurak xuruji va insult xavfini ham 30 foizga kamaytiradi”, deya tushuntirdi mutaxassis.

“Agar buning iloji bo‘lmasa, hatto metroda ishga ketish vaqtida 10 daqiqaga uxlab olish ham ancha foydali”, deydi u.

Agar sizda uyquga to‘ymaslik va uning yetishmovchiligi bilan bog‘liq muammo bo‘lsa, kunduzgi dam olish vaqtini 90 daqiqagacha oshirish mumkin. Bu bitta to‘liq uyqu siklini tashkil qiladi va tanaga katta energiya va kuch beradi.

Ilmiy tadqiqotlarga ko‘ra, maktabgacha yoshdagi bolalar kuniga kamida 10-12 soat uxlashlari kerak. Kunduzgi uyqu kognitiv funksiyalar uchun foydalidir. U xotira, zehn, mantiqan fikrlash, diqqatni jamlash, hisob-kitob qilish qobiliyatini rivojlantiradi. Shuningdek, u stress gormoni — kortizol darajasini pasaytiradi va o‘sish gormoni ishlab chiqarilishiga yordam beradi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?