17:41 / 22.11.2024
16

Metabolizm sekinlashganining belgilari

Metabolizm sekinlashganining belgilari
Qaysi yoshda metabolizm tezligi kamaya boshlaydi? Nima uchun bu jarayon sodir bo‘ladi va uning oldini olish mumkinmi? Quyida ana shu savollarga javob topamiz.

Foto: The Voice
Metabolizm nima?

“Metabolizm — hujayralarda sodir bo‘ladigan kimyoviy reaksiyalar majmui bo‘lib, hayot faoliyati uchun zarur bo‘lgan moddalar, energiya hosil bo‘ladi va almashinadi”, deydi diyetolog va intuitiv parhez mutaxassisi Kortni Vikeri.

Metabolizm atamasi asosan uch xil energiya sarflash turiga nisbatan ishlatiladi:
- bazal metabolizm darajasi (BMR);
- oziq-ovqatning termik effekti (TЕF);
- jismoniy faoliyat davomida kaloriyani yo‘qotish tushunchasi.

Tanamiz sarflagan energiya o‘rnini to‘ldirish uchun biz doimiy oziq-ovqat iste’mol qilishimiz kerak bo‘lganidek, hujayralar ham kimyoviy reaksiyalarni qo‘llab-quvvatlash uchun energiyaga muhtojdir, ya’ni biz iste’mol qiladigan ozuqa hujayralar uchun energiya manbaidir.

Metabolizm qachon sekinlashadi?

Foto: Getty Images
Ilgari metabolizm 30 yoshdan keyin har o‘n yilda 2-5% ga sekinlashadi, degan tushuncha mavjud edi. Ammo Vikerining so‘zlariga ko‘ra, o‘tkazilgan yangi tadqiqotlar buning aksini ko‘rsatmoqda. 2021 yilda chop etilgan Daily energy expenditure through the human life course (“Inson hayoti davomida kunlik energiya sarfi miqdori”) maqolasiga ko‘ra, metabolizm hayotning birinchi yillarida haqiqatda kuchli bo‘ladi va 20 yoshgacha asta-sekin pasayadi. 20 yoshdan keyin esa uning tezligi deyarli o‘zgarmaydi va 60 yoshgacha saqlanib qoladi. 60 yoshdan oshgandan keyin ham moddalar almashinuvi tezligi keskin kamaymaydi: u har yili atigi 0,7% ga sekinlashadi.

Sog‘lom insonlarda moddalar almashinuvi sekinlashishida umumiy va yagona yosh chegarasi mavjud emas. Metabolizm turmush tarzi, o‘tkazilgan kasalliklar, qabul qilingan dori vositalar ta’siridagina o‘zgarishi mumkin. Agar ayollar o‘zida metabolizm tezlashayotgani yoki sekinlashayotganini sezsa, sabablarini aniqlash va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olish uchun albatta shifokorga murojaat qilishi kerak”, deydi akusher Kirin Danston.

Metabolizm jarayoni sekinlashganini quyidagi belgilar orqali aniqlash mumkin:
  • Ortiqcha vazndan xalos bo‘lish yoki normal vaznni saqlash juda qiyin kechadi;
  • Tez-tez charchoq paydo bo‘ladi, chunki organizm ozuqani energiyaga aylantirishi qiyinlasha boshlaydi;
  • Oshqozon-ichak trakti bilan bog‘liq muammolar, jumladan qabziyat paydo bo‘ladi;
  • Tana doim sovuq qotadi, chunki moddalar almashinuvi jarayoni buzilganda organizm kamroq issiqlik ishlab chiqaradi va tana sovuqqa sezgir bo‘lib qoladi;
  • Metabolizmdagi o‘zgarishlar tufayli organizmda yog‘lar ishlab chiqish tizimi ham buziladi va natijada teri quruqlashadi;
  • Gormonal buzilishlar hisobiga sochlar to‘kila boshlaydi;
  • Ayollarda hayz sikli buziladi.

Agar siz ushbu belgilarning bir nechtasi namoyon bo‘lsa, shifokoriga murojaat qilishingiz kerak. Organizmda metabolik jarayonlarning qanday ketayotganini aniqlab beradigan maxsus tahlillar mavjud. Ularga glyukoztolerantlik testi, qalqonsimon bez faoliyati gormonal testi (TFT) va jismoniy faoliyat davomida qancha kislorod sarflanishini o‘lchaydigan VO2max testi kiradi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Metabolizm sekinlashganining belgilari