date

O‘zbekistonda OITSga chalinganlarning 89 foizi davolanmoqda

O‘zbekistonda OITSga chalinganlarning 89 foizi davolanmoqda
Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston BMTning «95-95-95» strategik maqsadlariga yaqinlashmoqda. Mamlakatda OITS bilan yashayotganlarning 87 foizi o‘z kasalligi haqida biladi va ulardan 89 foizi zarur antiretrovirus davolash muolajalarini olmoqda.

Hozirda dunyoda OITS bilan yashayotganlar soni 40 million kishiga yaqin, har yili yangi bemorlar soni qariyb 1,5 million kishiga oshadi. Kasallik sababli har yili 600 mingdan ortiq odam hayotdan ko‘z yumadi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, OITS tashxisi qo‘yilgan bo‘lajak onalar va ulardan tug‘ilgan bolalar antiretrovirus preparatlar bilan ta’minlanmoqda. Shuningdek, yangi tug‘ilgan chaqaloqlarga olti oylik bo‘lguniga qadar quruq sut aralashmalari beriladi.

OITSning onadan bolaga yuqishini oldini olish maqsadida homilador ayollarni testdan o‘tkazish darajasi 100 foizga yetgan. Joriy yilda skrining doirasida 5 milliondan ortiq odamni tekshiruvdan o‘tkazish ishlari amalga oshirildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Salomatlik » O‘zbekistonda OITSga chalinganlarning 89 foizi davolanmoqda