date

O‘zbekistonda gepatit “S”ga qarshi dori ishlab chiqariladimi?

O‘zbekistonda gepatit “S”ga qarshi dori ishlab chiqariladimi?

O‘zbekistonda gepatit “S” virusiga qarshi dori vositasini mahalliy ishlab chiqarish masalasi kun tartibiga chiqdi. Bu tashabbus Misrning yirik kompaniyalaridan biri tomonidan ilgari surilgani aytildi. Mutasaddilarga loyihani boshlash bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Shu yo‘nalishdagi hamkorlik faqat farmatsevtika bilan cheklanmayapti. Joriy yilda Misr tajribasi asosida Kitob tumanida 5 gektarda “super-super elita” kartoshka urug‘ligi yetishtirilib, 100 tonna hosil olingani ma’lum qilindi. Muzokaralar natijasida misrlik investorlar bu ishni 1 ming gektargacha kengaytirishga tayyor ekani qayd etildi.

Yana bir taklif Tuproqqal’a bilan bog‘liq: Misr kompaniyalaridan biri 2 ming gektar cho‘l maydonini foydalanishga kiritish va pivot sug‘orish uskunalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni taklif qilgan. Bu esa nafaqat hosildorlik, balki texnika ishlab chiqarish orqali sanoatga ham turtki bo‘lishi mumkin.

Umuman olganda, uchrashuvlarda Afrika qit’asini yangi eksport yo‘nalishi sifatida faolroq ochish zarurligi ta’kidlandi. Afrika 50 dan ortiq davlatni qamrab oladi va iqtisodiyoti 3 trillion dollarga teng ekani eslatildi. Tashqi ishlar, Investitsiya, sanoat va savdo vazirliklari hamda Misr va Qatardagi elchilarga tegishli “yo‘l xaritasi”ni tayyorlash va tasdiqlash topshirildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Salomatlik » O‘zbekistonda gepatit “S”ga qarshi dori ishlab chiqariladimi?

Ko'p o'qilgan Salomatlik yangiliklari