Gidrometeorologiya markazi ma’lum qilinishicha, 6 dekabr kuni respublika bo‘ylab havo o‘zgarib turadi, joylarda yog‘ingarchiliklar kuzatiladi.
Toshkent shahrida havo o‘zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida yomg‘ir yog‘adi. Harorat kechasi 7-9, kunduzi 15-17 darajaga etadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik kuzatiladi, yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Havo harorati kechasi -2 — +3, kunduzi 0-5 daraja iliqgacha ko‘tariladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, harorat kechasi 4-9 daraja, kunduzi 10-15 daraja iliqga etadi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yog‘ingarchiliklar kuzatiladi, havo harorati kechasi 4-9, kunduzi 13-18 daraja iliqni tashkil etadi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi, havo harorati kechasi 5-10, kunduzi 13-18 daraja iliqgacha ko‘tariladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida ham yog‘ingarchiliklar kuzatiladi, kechasi 2-7 daraja, kunduzi 8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor. Havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchiliklar kuzatiladi, tuman tushadi. Harorat kechasi 0-5, kunduzi 5-10 daraja iliq bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Saul Alvares va Xayme Mungia ishtirokidagi jang to‘liq davom etdi
Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video)