Yangi yil bayrami munosabati bilan bayram archalari poytaxtning 9 ta maydonida o‘rnatiladi. Bu haqda "Daryo" ma’lum qildi.
Bayram ishtirokchilari, mehmonlar, xususan, bolalar, shuningdek transport harakati xavfsizligiga ustuvor o‘rin bergan holda, bayramning bosh archasi uchun yangi joy belgilandi. Bayramning birinchi raqamli archasi va bosh sahna «Anhor-Lokomotiv» bog‘ida (Labzak mavzesi) bunyod etiladi. Hozirda mazkur maydonda katta tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Qariyb 4 gektarlik maydonda bayram archasi, sahna, bolalar uchun attraksionlar, savdo va ovqatlanish shoxobchalari bunyod etiladi. Shuningdek, avtotransport vositalarining kirib chiqishi va to‘xtash joylari ham belgilanmoqda. Mazkur maydonga borish yo‘llarida keng obodonlashtirish va bayramona bezash ishlari boshlab yuborilgan. Madaniyat va sport ishlari vazirligi, tegishli mutasaddi tashkilotlar bayram kunlari bayramona kayfiyat ulashish maqsadida yangi teatrlashtirilgan dasturlar ustida ish olib bormoqda.
Bundan tashqari, archalar odatdagidek Mustaqillik va Ezgulik maydoni, Al-Xorazmiy dahasidagi Roison Elektronics korxonasi oldi maydoni, Yunusobod tumanidagi Saylgoh maydoni, Shayxontohur tumanidagi Xadra maydoni, Yashnobod tumanidagi Markaziy ofiserlar uyi (sobiq Aviasozlar saroyi) oldidagi maydon, Sergeli tumanidagi Baxtdiyor guzari maydoni, Mirzo Ulug‘bek tumanidagi «Lokomotiv» istirohat bog‘i hamda Bektemir tumanidagi «Quyoshcha nuri» bog‘i hududlarida o‘rnatiladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi